Saturday, November 3, 2012

Bepul Antivuruslar statistika - 2012

Antivirus bo'yicha ko'pchilik "kompyuter tilini" yaxshi tushunmaydiganlarda muammo tez-tez bo'ladi. Masalan, O'zbekistonda ko'pchilik tomonidan ishaltiladigan 'Kasperskiy'ni yoki 'ESET Nod32' olaylik, unga kalitlarni topib("O'G'IRLAB"), qo'yish, antivirus bazasini yangilab turish va hokazo. Eng yomoni bu birov qilgan dasturni o'g'irlashdir. Axir sotib olishga imkoningiz bo'lmasa bepul muqobillari ham yetarli-ku! Uni ustiga deyarli ba'zi jixatlarga ko'ra ulardan yaxshiroq.
Masalan, Avast Free Antivirus bu hozirda bepul antiviruslar ichida eng mashxur va ko'p foydalanilayotganidir. Yuklashlar bo'yicha eng mashxur saytlardan biri downlaod.cnet.com ning ma'lumotlariga ko'ra, eng ko'p yuklangan antivirus bu 'Avast free Antivirus'idir. Undan keyin esa AVG AntiVirus Free 2013  keyingi o'rinda. Bu natija antiviruslar orasida emas balki hamma yuklashlar orasidan keltirilgan.

Yoki, bepul muqobillar topish uchun yordam beruvchi alternativeto.net sayti ma'lumotlar esa quyidagicha:



'Yoqtirish'lar bo'yicha ham Avast(467 ta) yuqorida.

Wednesday, September 26, 2012

OYDning asosiy tushunchalari

Obyekga yo'naltirilgan dasturlash yoki OYD – dasturlarni haqiqiy hayotiylikka asoslangan holda gi dasturlash usulidir. Yana protsedurali dasturlash tillari (masalan, Paskal, Basic, Fortan) ham mavjud. OYD ning undan asosiy farqi shundaki, OYD asosan obyektlar asoslangan holda ishlasa,  protsedurali dasturlash tillari esa asosan funktsiyalarga asoslangan bo'ladi ya'ni bu usuldagi dasturlashda har bitta buyruqlar qadamma-qadam bajarilib boriladi masalan: faylni och, raqamni o'qi, 4 ga ko'paytir va ekranga chiqar.

Javada OYD ni tushunish uchun quyidagi eng asosiy tushunchalarni o'rganib chiqishimiz kerak. Ular: Class, Metod(Funktsiya), O'zgaruchilar, Konstantalar.


Tuesday, July 10, 2012

IntelliJ IDEA: "Debug" qilish sirlaridan biri

Dastlab, juda katta 'collection' yoki 'array' lar bilan ishlaganimda, sikl bloki ichida o'zgaruvchining ma'lum bir qiymatiga yetganda qandaydir xatolik sodir bo'lganda, o'sha vaziyatda aynan nima bo'layotganini aniqlash uchun o'sha vaziyatga yetib borish juda qiyin bo'lardi(o'sha vaziyatga yetib borgunicha F9 ni bosib o'tirardim, juda vaqtni yeydigan holat...). Va shu narsani oldini olish mumkinliga ishonib Googlega yuzlandim. Nihoyat qidirib topdim, kimlargadir ham foydasi tegar deb ushbu maqolani ochdim.

Tushunarli bo'lishi uchun juda oddiy holatni misol qilib oldim:

Monday, April 2, 2012

Ajib haqiqat, zarbulmasal

    Bir kishi katta do'konga kirib, narxlari juda qimmat bo'lgan 3 ta to'ti qush sotilayotganini ko'rib yoqasini ushlab qolib sotuvchidan nega shuncha qimmatligini so'radi.
Sotuvchi: birinchi to'ti qush M.S Office & Windows XP & Vistalarni boshqara oladi, narxi 200 ming, ikkinchisi 250 ming, Analitik & Senyor Programmist. Oxirgisining narxi esa 500ming.

Haridor: Unisi nima qiladi?
Sotuvchi javob berdi: To'grisini aytsam, u hech nima qilmaydi, lekin anovi ikkovi uni "XO'JAYIN!" deb chaqirishadi! :-D 

Friday, March 30, 2012

Qanday qilib yaxshi kod yozayotganimni bilsam bo'ladi?


1-Javob:
Quyidagi yordamchi savollar bilan aniqlashni odat qilganman:

  1. Agarda kodga qaytib yana bir nimalarni qo'shib-o'zgartirishlar kerak bo'lsa, bu qiyinmi(demak nimadir xato)?
  2. Siz yozilgan, ishlab turgan kodlaringizni buzib boshqa narsalar qo'shishingiz kerekmi?(demak yana o'sha narsa)

Wednesday, March 28, 2012

Obyektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD)

Obyekt nima?
        Obyekt Obyektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD) texnologiyasining eng asosiy kalit tushunchasidir. Atrofga qarang, haqiqiy hayotdagi bir necha obyektlarni ko'rishingiz mumkin: stol, uy, it, mushuk, televizor va h.k.
     Ularning barchasining albatta hususiyatlari va bajaradigan vazifalari (funktsiyalari) bor. Masalan, Mushuk hususiyatlari: rangi, qorni to'qligi, yoshi, jinsi; funktsiyalari: ovqat yeyishi, myovlashi, yurishi, sichqon tutishi. Mashina, hususiyatlari: tezligi, rangi, nomi, narxi; funktsiyalari: yurishi, to'xtashi, oyna artgichlarining ishlashi, eshiklarning ochilib yopilishi v.h.k. Bu kabi hayotiy misollarning hususiyatlari va funktsiyalarini aniqlash OYD nuqtai nazaridan fikrlashning eng zo'r ko'rinishidir.

Saturday, March 17, 2012

Googledan oson qidirishing usullari



Google qidiruv tizimi eng kuchli qidiruv tizimlaridan biri hisoblanadi. Googledan qay tarzda qidirsak bizga kerakli ma'lumotlarni tezkor olishimiz mumkin? Bu savolga quyidagi usullar yordamida javob topish mumkin:

  1. Odatiy qidiruv usuli: Masalan o'zbek milliy taomlari so'zlarini qidiramiz, va natijada bizga ketma-ketligidan qattiy nazar aynan o'zbek, milliy, taomlar so'zlari qatnashuvchi web-sahifalar olib chiqiladi.

Monday, March 12, 2012

Maqolani diqqatingizni bo'lmay o'qing

Internetda ko'pchiligimiz har xil sayt, bloglardan yangiliklar va turli xildagi maqolalar o'qiymiz. U saytlarning tashqi ko'rinishi, ranglar mosligi, sayt yonidagi bo'lar-bo'lmas bannerlar odamni maqolani o'qishdan chalg'itadi. Ayniqsa ruslarning saytlaridagi bannerlarga chidab bo'lmaydi. Shu noqulayliklarni oldini olishni yo'li bor, masalan, Google Chrome, Mozilla Firefox browserlarida, turli xil qo'shimcha dasturchalari(Extensions/Add-ons) bor. Men ham ulardan bir nechtasini ishlatib ko'rdim va nihoyat yaxshirog'ini topdganay bo'ldim va uni boshqalarga ham foydasi tegadi degan umiddaman.
Google Chromedan foydalansangiz Clearly deb nomlanuvchi qoshimchani o'rnatib olishingiz mumkin. Firefox da esa Ctrl+Shift+A ni bosilsa qo'shimchalar oynasi ochiladi, undan "Clearly" deb qidirsangiz ro'yxatining boshida chiqadi.
Agar Internet Explorer ishlatsangiz darxol boshqa browserni yuklab oling!!! :D


1.  ikonkani bosilsa maqola  keyingi holatga o'tadi.  
2.  Keyingi belgilangan "2" orqali tezkor  holatini o'zgartirish mumkin.
3. "Custom" orqali qulay boshqa stilni(matn fonti va rangi, orqa rangi) o'zgartirish mumkin. 
4.  Matnni o'lchamlarini tezkor o'zgartirish uchun.