Saturday, November 3, 2012

Bepul Antivuruslar statistika - 2012

Antivirus bo'yicha ko'pchilik "kompyuter tilini" yaxshi tushunmaydiganlarda muammo tez-tez bo'ladi. Masalan, O'zbekistonda ko'pchilik tomonidan ishaltiladigan 'Kasperskiy'ni yoki 'ESET Nod32' olaylik, unga kalitlarni topib("O'G'IRLAB"), qo'yish, antivirus bazasini yangilab turish va hokazo. Eng yomoni bu birov qilgan dasturni o'g'irlashdir. Axir sotib olishga imkoningiz bo'lmasa bepul muqobillari ham yetarli-ku! Uni ustiga deyarli ba'zi jixatlarga ko'ra ulardan yaxshiroq.
Masalan, Avast Free Antivirus bu hozirda bepul antiviruslar ichida eng mashxur va ko'p foydalanilayotganidir. Yuklashlar bo'yicha eng mashxur saytlardan biri downlaod.cnet.com ning ma'lumotlariga ko'ra, eng ko'p yuklangan antivirus bu 'Avast free Antivirus'idir. Undan keyin esa AVG AntiVirus Free 2013  keyingi o'rinda. Bu natija antiviruslar orasida emas balki hamma yuklashlar orasidan keltirilgan.

Yoki, bepul muqobillar topish uchun yordam beruvchi alternativeto.net sayti ma'lumotlar esa quyidagicha:



'Yoqtirish'lar bo'yicha ham Avast(467 ta) yuqorida.