Dastlab, juda katta 'collection' yoki 'array' lar bilan ishlaganimda, sikl bloki ichida o'zgaruvchining ma'lum bir qiymatiga yetganda qandaydir xatolik sodir bo'lganda, o'sha vaziyatda aynan nima bo'layotganini aniqlash uchun o'sha vaziyatga yetib borish juda qiyin bo'lardi(o'sha vaziyatga yetib borgunicha F9 ni bosib o'tirardim, juda vaqtni yeydigan holat...). Va shu narsani oldini olish mumkinliga ishonib Googlega yuzlandim. Nihoyat qidirib topdim, kimlargadir ham foydasi tegar deb ushbu maqolani ochdim.
Tushunarli bo'lishi uchun juda oddiy holatni misol qilib oldim:
Sikl ichida kerakli joyga to'xtash nuqtasini qo'yamiz va ustiga sichqonchaning o'ng tarafini bosamiz, undan 'Properties' ni tanlaymiz.
Natijada quyidagi oyna ochiladi. Undan 'Conditions' bo'limidan 'Condition' ni belgilab, ochilgan joyga kerakli shartni yozamiz, keltirgan misolda i == 777 ni shart qilib oldim, ya'ni agarda i sikl o'zgaruvchisi 777ga teng bo'lsa o'sha yerdagi belgilangan to'xtash nuqtasida to'xtaydi.
Ya'ni quyidagicha holatda bo'ladi:
Qoyil aka rosa foydali narsani topibsiz. Menda ham aynan shunday muammolar bo'lib turardi lekin biror martta sichqonchani o'ng tugmasini bosib ko'rmagan ekanman :). Rahmat!
ReplyDeleteMarhamat!
DeleteGap yo'q. Zo'r narsa. Man ham o'rganib oldim. hozirgacha man boshqacha yo'l tutgan bulardim, Agar debugni bunaqa xolati bulmaganda(Properties>Condition bulmaganda), "if" ni yodga olsak ham buladi.
ReplyDelete:)))))) man ham if qo`yib to`xtatvolardim))
Deletelekin qoyil
Yoshlar bizdan kuchliroq bo`lishlari lozim deyilarmidi :)
The BEST Online Casino Site
ReplyDeleteThe Best Online Casino luckyclub.live Site · LeoVegas · 1xbet · InterTops · Ignition · LeoVegas · Casino Slots · Jackpot City · Play'n GO · Casino N Go · Jackpot City.