Google qidiruv tizimi eng kuchli qidiruv tizimlaridan biri hisoblanadi. Googledan qay tarzda qidirsak bizga kerakli ma'lumotlarni tezkor olishimiz mumkin? Bu savolga quyidagi usullar yordamida javob topish mumkin:
- Odatiy qidiruv usuli: Masalan o'zbek milliy taomlari so'zlarini qidiramiz, va natijada bizga ketma-ketligidan qattiy nazar aynan o'zbek, milliy, taomlar so'zlari qatnashuvchi web-sahifalar olib chiqiladi.
- Aytaylik bizga aynan shu ketma-ketlikdagi so'zlar qatnashgan web-sahifalarni qidirishimiz kerak bo'lsin, u holda kalit so'zni qo'shtirnoq ichida ko'rsatishimiz kerak bo'ladi, masalan,
“o'zbek milliy taomlari “. - Boshqacharoq holat, agar bizga ma'lum so'zlar qatnashmagan web-sahifalar kerak bo'lsa “-” belgisini keraksiz so'z oldiga qo'yiladi. Bu orqali siz qidiruv natijangizni qisqartirib kerakli faqatgina kerakli ma'lumotlarni tezroq va osonroq olishingiz mumkin. o'zbek milliy -taomlari .
- Google orqali ma'lum bir turdagi fayllarni ham qidirishimiz mumkin, bunda filetype kalit so'zidan foydalanamiz. Masalan matematika fani filetype:doc . *.doc faylidan boshqa yana boshqa ba'zi fayllarni ham qidirishimiz mumkin masalan: *.ppt, *.xls, *.pdf kabilar.
- Aytaylik biz qidirgan ma'lumotlar ma'lum bir sayt(masalan: www.islom.uz, www.ziyonet.uz) yoki domenga(masalan .uz, .ru yoki .com) tegishli bo'lgan web-sahifalardan qidirishimiz kerak bo'lsin. U holda site kalit so'zidan foydalanamiz:www.ziyouz.uz saytidan matematika kalit so'zini qidiramiz: matematika site:ziyonet.uz yoki uz domenidan qidirsak matematika site:uz.
- Xattoki saytlarning URL manzili orqali ham qidirish mumkin bunda inurl kalit so'zidan foydalanamiz, masalan, URL manzilida dastur so'zi qatnashgan va uz domenidagi web-sahifalarni qidirsak: foydali inurl:dastur site:uz
Yuqorida keltirilgan 6 usulni bir-biri bilan qo'shib foydalansa bo'ladi, masalan uz domenidagi pdf fayllar va hokazo.
Qoyil zor maqola!!!
ReplyDeleteрахмат ажойиб макола учун!
ReplyDeleteRahmat foydali maqola uchun.
ReplyDelete