Monday, March 12, 2012

Maqolani diqqatingizni bo'lmay o'qing

Internetda ko'pchiligimiz har xil sayt, bloglardan yangiliklar va turli xildagi maqolalar o'qiymiz. U saytlarning tashqi ko'rinishi, ranglar mosligi, sayt yonidagi bo'lar-bo'lmas bannerlar odamni maqolani o'qishdan chalg'itadi. Ayniqsa ruslarning saytlaridagi bannerlarga chidab bo'lmaydi. Shu noqulayliklarni oldini olishni yo'li bor, masalan, Google Chrome, Mozilla Firefox browserlarida, turli xil qo'shimcha dasturchalari(Extensions/Add-ons) bor. Men ham ulardan bir nechtasini ishlatib ko'rdim va nihoyat yaxshirog'ini topdganay bo'ldim va uni boshqalarga ham foydasi tegadi degan umiddaman.
Google Chromedan foydalansangiz Clearly deb nomlanuvchi qoshimchani o'rnatib olishingiz mumkin. Firefox da esa Ctrl+Shift+A ni bosilsa qo'shimchalar oynasi ochiladi, undan "Clearly" deb qidirsangiz ro'yxatining boshida chiqadi.
Agar Internet Explorer ishlatsangiz darxol boshqa browserni yuklab oling!!! :D


1.  ikonkani bosilsa maqola  keyingi holatga o'tadi.  
2.  Keyingi belgilangan "2" orqali tezkor  holatini o'zgartirish mumkin.
3. "Custom" orqali qulay boshqa stilni(matn fonti va rangi, orqa rangi) o'zgartirish mumkin. 
4.  Matnni o'lchamlarini tezkor o'zgartirish uchun.                  


1 comment: