Friday, March 30, 2012

Qanday qilib yaxshi kod yozayotganimni bilsam bo'ladi?


1-Javob:
Quyidagi yordamchi savollar bilan aniqlashni odat qilganman:

  1. Agarda kodga qaytib yana bir nimalarni qo'shib-o'zgartirishlar kerak bo'lsa, bu qiyinmi(demak nimadir xato)?
  2. Siz yozilgan, ishlab turgan kodlaringizni buzib boshqa narsalar qo'shishingiz kerekmi?(demak yana o'sha narsa)

Wednesday, March 28, 2012

Obyektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD)

Obyekt nima?
        Obyekt Obyektga yo'naltirilgan dasturlash(OYD) texnologiyasining eng asosiy kalit tushunchasidir. Atrofga qarang, haqiqiy hayotdagi bir necha obyektlarni ko'rishingiz mumkin: stol, uy, it, mushuk, televizor va h.k.
     Ularning barchasining albatta hususiyatlari va bajaradigan vazifalari (funktsiyalari) bor. Masalan, Mushuk hususiyatlari: rangi, qorni to'qligi, yoshi, jinsi; funktsiyalari: ovqat yeyishi, myovlashi, yurishi, sichqon tutishi. Mashina, hususiyatlari: tezligi, rangi, nomi, narxi; funktsiyalari: yurishi, to'xtashi, oyna artgichlarining ishlashi, eshiklarning ochilib yopilishi v.h.k. Bu kabi hayotiy misollarning hususiyatlari va funktsiyalarini aniqlash OYD nuqtai nazaridan fikrlashning eng zo'r ko'rinishidir.

Saturday, March 17, 2012

Googledan oson qidirishing usullari



Google qidiruv tizimi eng kuchli qidiruv tizimlaridan biri hisoblanadi. Googledan qay tarzda qidirsak bizga kerakli ma'lumotlarni tezkor olishimiz mumkin? Bu savolga quyidagi usullar yordamida javob topish mumkin:

  1. Odatiy qidiruv usuli: Masalan o'zbek milliy taomlari so'zlarini qidiramiz, va natijada bizga ketma-ketligidan qattiy nazar aynan o'zbek, milliy, taomlar so'zlari qatnashuvchi web-sahifalar olib chiqiladi.

Monday, March 12, 2012

Maqolani diqqatingizni bo'lmay o'qing

Internetda ko'pchiligimiz har xil sayt, bloglardan yangiliklar va turli xildagi maqolalar o'qiymiz. U saytlarning tashqi ko'rinishi, ranglar mosligi, sayt yonidagi bo'lar-bo'lmas bannerlar odamni maqolani o'qishdan chalg'itadi. Ayniqsa ruslarning saytlaridagi bannerlarga chidab bo'lmaydi. Shu noqulayliklarni oldini olishni yo'li bor, masalan, Google Chrome, Mozilla Firefox browserlarida, turli xil qo'shimcha dasturchalari(Extensions/Add-ons) bor. Men ham ulardan bir nechtasini ishlatib ko'rdim va nihoyat yaxshirog'ini topdganay bo'ldim va uni boshqalarga ham foydasi tegadi degan umiddaman.
Google Chromedan foydalansangiz Clearly deb nomlanuvchi qoshimchani o'rnatib olishingiz mumkin. Firefox da esa Ctrl+Shift+A ni bosilsa qo'shimchalar oynasi ochiladi, undan "Clearly" deb qidirsangiz ro'yxatining boshida chiqadi.
Agar Internet Explorer ishlatsangiz darxol boshqa browserni yuklab oling!!! :D


1.  ikonkani bosilsa maqola  keyingi holatga o'tadi.  
2.  Keyingi belgilangan "2" orqali tezkor  holatini o'zgartirish mumkin.
3. "Custom" orqali qulay boshqa stilni(matn fonti va rangi, orqa rangi) o'zgartirish mumkin. 
4.  Matnni o'lchamlarini tezkor o'zgartirish uchun.