- javac - Java Development Kit (JDK) tarkibidagi Sun Microsystem tomonodan ishlab chiqilgan, 2006 -yildan beri Ochiq kodli (Open Source) .
- GCJ - gcc kompilyatoringing bo'lagi bo'lib ,Java dan tashqari C,Pascal, Fortan va boshqa tillar uchun ham kompilyator sifatida ishlatiladi.
- ECJ - Eclipse ning java kompilyatori, IBM VisualAge kompilyatoriga asoslangan ochiq kodli kompilyator. Davomini o'qish
JDK- bu javada ishlovchi dasturchi uchun kerak bo'ladigan bo'ladigan turli xil yordamchi dastur umumiy majmuasi. Ularga javac dan tashqari quyidagilarni misol qilish mumkin:
- jar - arxivlovchi bo'lib, javadagi *.jar kutubxonalarini boshqarishda va yozilgan kodlarni *.jar arxivi ko'rinishiga keltiruvchi yordamchi dastur.
- javadoc - javada yozilgan kodlarga dokumentatsiya va kommentariyalar xosil qiluvchi yordamchi dastur.
- jdb-debugger(yozilgan kodni qadamma-qadam tekshirib borish va shu kabi tekshirishlar uchun qulay yordamchi dastur)
- jstat - JVM ning statistikasini ko'rsativchi yordamchi dastur.
JDK ni so'nggi versiyasini uchbu link orqali yuklab olishingiz mumkin. Uni o'rnatgandan keyin Notepad++ orqali Javadagi birinchi dasturni yozamiz.Daslab Notepad++ orqali yozamiz. Notepad++ ni o'rnatgandan keyin yangi fayl oching unga quyidagi kabi kodini yozing(Ko'chirib qo'ymasdan o'zingiz yozishingiz foydaliroq agarda ko'p xato qilsangiz ham.)
public class SalomDunyo{ public static void main (String[] args) { System.out.println("Salom, dunyo!"); } }Xar bir yangi klass yaratganingizda Uni katta harflar bilan yozing, xuddi SalomDunyo.java kabi.
Yozilgan faylni saqlang. Endi, Windows+R ni bosing va unga CMD deb yozib ENTER ni bosing, Command Prompt (Kommandnaya stroka) ochiladi u yerga SalomDunyo.java klassi saqlangan manzilni kiritish kerak. Buning uchun CD buyrug'idan foydlanamiz.Mening komyuterimda SalomDunyo.java ning manzili quyidagicha:
C:\Users\devPro404\Documents\java\SalomDunyo.java
Kommandalar qatori oynasida quyidagicha ko'rinish oladi.
Endi navbatdagi qatorda faylimizni kompilyatsiyadan o'tkizishni boshlaymiz va u:
ENTER ni bosamiz va mening kompyuterimda quyidagicha natija chiqdi:
" 'javac' is not recognized as an internal or external command, operable program or batch file. "
Bu degani biz hali javac ni va JDK ning boshqa yordamchi dasturlarini kommandalar sifatida tanitganimiz yo'q buning uchun quyidagi ishni ushbu oynaning o'zidan amalga oshiramiz:
- Kompyuteringizga o'rnatilgan jdk ning manizlini toping, va mening kompyuterimda manzil quyidagicha: C:\Program Files (x86)\Java\jdk1.6.0_16\bin sizning kompyuteringizda ham deyarli shunga o'xshash bo'ladi siznikida jdk1.6.xyz\bin bo'lishi mumkin.
- So'ng kommandalar oynasiga quyidagi kommandani kiriting: SET PATH=%PATH%;C:\Program Files (x86)\Java\jdk1.6.0_16\bin va ENTER ni bosing va to'gri amalga oshganini tekshirish uchun quyidagini kiriting:
Java klassimiz kompilatsiyadan o'tdi va bizning SalomDunyo.java faylimiz turgan joyda xuddi shu faylning *.class deb nomlanuvchi bayt-kodligi paydo bo'ldi.
Natijani ko'rish uchun:
Bu ishlar biz kompilyator qanday ishlayotganini tushinish uchun kerak edi, keyingi darslarda bu ketma-ketliklarni takrorlamay qisqagina kompilatsiyadan o'tkazish deb nomlaymiz.
No comments:
Post a Comment