Saturday, July 20, 2013

Javada haqiqiy 'Hot Swap' Intellij IDEA bilan!

Ko'p dasturchilar har kunlik ishlarini IDE hot-swap'isiz tasavvur qila olishmaydi. Lekin Java HotSwap VM ning imkoniyatlari juda cheklagan, masalan klasga yangi metod yoki global o'zgaruvchilar qo'shilsa yoki metod argumentlarida o'zgartirish, qisqa qilib aytganda strukturaviy o'zgartirishlarni HotSwap avtomatik yuklab bermaydi. Qila oladigan ishi faqat metodni tanasidagi o'zgarishlarnigina sezadi. Baxtimizga, buni yaxshilashning yo'li bor! yangi ochiq kodli proyekt: Dynamic Code Evolution VM,  Java HotSwap™ VM Java klasnarni umuman cheklovsiz 'Runtime' da qayta yuklash imkonyatini beradi. Endi mazzaaaa!!!! IntelliJ IDEA allaqachon bu loyihani testdan o'tkazishdi va u maxsuldorlikni oshirishini ham tasdiqlashdi. Dynamic Code Evolution VM (DCEVM)ni IntelliJ IDEA uchun shu bog'ichdan  new plugin yuklab olishingiz yoki                 Settings -> Plugins-> Browse Repositories -> DCEVM ni tanlab o'rnatishingiz mumkin. O'rnatganingizdan so'ng IDEAni qayta ishga tushuring, Event Log oynasida DCEVM JRE ni yuklab olaymi xo'jayin degan so'rov chiqadi. Xa yuklab deb 'Download'ni bosing.

Qarabsizki, hammasi tayyor. Faqat, 'application'ni yurgizdirishda 'Alternative JRE' dan DCEVM JREni tanlang.
http://www.youtube.com/watch?v=5rYBDJAmxFo


No comments:

Post a Comment